
"Paxtakor" "Nasaf" etakchisidan quruq qoldi. U xorijga ketadi
"Nasaf" yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov legionerga aylanishga yaqin turibdi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Sharof ayni damda BAAda yangi jamoasi safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Manbaning xabar qilishicha, bu jamoa katta ehtimol bilan "Shabab Al-Ahli" bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Muhitdinov "Paxtakor" bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, "Shabab Al-Ahli" safida hamyurtimiz Aziz G‘aniev ham to‘p tepadi. Jamoa chempionat turnir jadvalida 10-turdan so‘ng 14 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar