“Paxtakor” o‘rtoqlik o‘yinida “Obod”ni mag‘lub etdi
Bugun “Chilonzor” stadionida “Paxtakor” va “Obod” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Soat 12:00da boshlangan uchrashuvning birinchi bo‘limida tomonlar darvozani ishg‘ol qila olishmadi. Ikkinchi taymda esa Nurullaev va Tolipovning gollari “sherlar”ga 2:0 hisobidagi g‘alabani olib keldi.
“Paxtakor” – “Obod” 2:0
Gollar: Nurullaev 77, Tolipov 80.
“Paxtakor”ning birinchi taymdagi tarkibi: Lobanov, Andreev, Maslach, Oraxovats, Hoshimov, A.Ahmedov, Sohibov, Masharipov, Karimov, Iskanderov, Sergeev
“Paxtakor”ning ikkinchi taymdagi tarkibi: Ergashev, Alijonov, Maslach, G.Ahmedov, Avilov, O‘runov, Mahmudhojiev, Tolipov, Nurullaev, Davlatjonov, To‘raev



Fikrlar