“Paxtakor” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 08.02.2026 21:23
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi. “Sherlar” Moldova chempionati peshqadami “Petrokub” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuvda “Paxtakor” Hojimat Erkinov va Ibrohim Ibragimovning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq raqiblar muvozanatni tiklashga erishdi. Ammo 80-daqiqada Rustam Turdimurodov penaltiidan unumli foydalanib, jamoasiga gʻalaba taqdim etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!