"Paxtakor" "Rubin" bilan o'ynaydi
Xabaringiz bor, "Paxtakor" jamoasi ayni damda Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kamoliddin Tojiev shogirdlarining yana bir raqibi aniq bo‘ldi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, "sherlar" 15 fevral kuni Rossiya Premyer ligasi vakili "Rubin" bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi. Qozonliklar birinchi davradan keyin turnir jadvalidа 7-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" ikkinchi yig‘inda hozirga qadar "Qayrat", "Petrokub", "Epitsentr" va "Obolon" klublari bilan bellashdi. Oldinda "Rubin" va "Spaeri" ga qarshi uchrashuvlar bor.

Fikrlar