"Paxtakor" Superliga doirasida hali "Olimpik"ni mag‘lub etmagan (prevyu)
"Paxtakor" Superliga ikkinchi davrasini Toshkentning yana bir jamoasi "Olimpik"ka qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu derbi oldidan "sherlar" matbuot xizmati prevyuni taqdim etdi.
Chempionatlar tarixida hozircha jamoalar 3 bor to‘qnash kelgan. Bir o‘yinda "Olimpik" zafar quchgan, ikki uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Shuningdek, kubokdagi bir to‘qnashuv "sherlar" foydasiga hal bo‘lgan.
"Olimpik" tarkibida "Paxtakor"ning ko‘plab tarbiyalanuvchilari ikki yildan beri o‘ynab kelmoqda. Ushbu klub safiga jami 15 nafardan ortiq "Paxtakor" akademiyasidan etishib chiqqan futbolchilar jalb etilgan.
"Olimpik" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 28 iyul, juma kuni soat 20:00 da "Jar" stadionida boshlanadi.


Fikrlar