"Paxtakor" Turkiyada Ukraina, Serbiya va Lixtenshteyn jamoalariga qarshi maydonga tushadi

  • 10 yanvar, 2023, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

13-27 yanvar kunlari "Paxtakor" mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettiradi.

Turkiyadagi birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida bir necha nazorat o‘yinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Nazorat uchrashuvlaridagi raqiblar va o‘yin sanalari nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, quyidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

16 yanvar Paxtakor - Dnepr-1 (Ukraina)
20 yanvar Paxtakor - Vaduts (Lixtenshteyn)
26 yanvar Paxtakor - Mladost GAT (Serbiya)

Ikkinchi yig‘in ham Turkiyada o‘tkazilib, u 31 yanvardan 14 fevralgacha davom etadi.

 

Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!