"Paxtakor" U-21 chempionatining 11-karra g‘olibiga aylandi

  • 9 noyabr, 17:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi U-21 chempionati g‘olibi 28-turda aniq bo‘ldi. "Paxtakor" yoshlar jamoasi ushbu turda "Qo‘qon 1912"ni 7:1 hisobida mag‘lub etib, ochkolari sonini 54 taga etkazishdi va  11-bor chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Bungacha "sherlar" 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2010, 2012, 2018, 2023 va 2024 yillarda U-21 ligasida mavsumni eng yuqori pog‘onada yakunlashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!