"Paxtakor" va "Sharja" kurashdan chiqdi, "Nasaf" hamda "Shabab Al-Ahli"da zo‘r imkoniyat bor - OChL 5-turidan so‘ng turnir jadvallari bilan tanishing (foto)

  • 24 aprel, 2022, 15:54
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqindagina boshlangan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining ham 5 ta turi ortda qoldi.

Bu vaqtga kelib, bir necha jamoalar pley-off yo‘llanmasini hal etishga ulgurdi. Ba’zi klublarda esa, aksincha, omadsizlik kuzatildi. Xususan, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan "Paxtakor" o‘z yurishini guruhdayoq to‘xtatishga majbur bo‘ldi. "Sherlar" so‘nggi tur bahsida g‘alaba qozongan taqdirda ham so‘nggi pog‘onadan yuqorilay olmaydi. Shuningdek, legionerlarimiz Otabek Shukurovning "Sharja", Muhammad Isaevning "Istiqlol"ida ham shunday vaziyat.

Biroq O‘zbekistonning qit’a yashil maydonlaridagi ikkinchi vakili "Nasaf"da 1/8 final uchun ajoyib imkoniyat bor. Oxirgi turda "Al-Vehdat"ga mag‘lub bo‘lmasa, "ajdarlar" katta ehtimol bilan pley-offda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Aziz G‘aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi ham 3 ochko qo‘lga kiritish orqali o‘z yurishini davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi.

Quyida 5-turdan so‘ng barcha guruhlardagi turnir jadvallari bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:

photo_2022-04-24_15-13-04

photo_2022-04-24_15-13-25

photo_2022-04-24_15-13-58

photo_2022-04-24_15-16-09

photo_2022-04-24_15-16-40

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Otabek Otabek
24/04/2022 16:26
Yeb qo'ydiku kecha al saddni
Otabek Otabek
24/04/2022 16:26
Nasaf udar