"Paxtakor"ga qarshi o‘ynagan jamoalar soni yana bittaga ko‘payadi

  • 4 may, 2021, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Deyarli bir oylik tanaffusdan keyin "Paxtakor" yana Superliga bahslariga qaytmoqda. "Sherlar" ushbu turda o‘z tarixlarida birinchi marta "Turon" klubiga qarshi maydonga tushadi. Amaldagi chempion tarixda ilk bor rasmiy bellashuv doirasida Yaypanga safar qiladi.

Aytish lozimki, "Turon" "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi 38-raqibiga aylanadi. Shu tariqa "Paxtakor" o‘ynagan shahar geografiyasi va raqiblar soni yana bittaga ko‘payadi.

"Paxtakor" himoyachisi Egor Krimets diskvalifikatsiya tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. "Turon"da bunday yo‘qotish mavjud emas.

"Turon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 may, payshanba kuni soat 17:00da Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
04/05/2021 17:29
Бу даражада ахмокона хабарлар купайиб кетмокда! Лекин бу хабар уларни энг дабдаласи! Админлар тузукрок макола чоп этинглар. "Тирраки "пахтаой" клубига карши биринчи уйинини утказувчи дебютант" деса яхши буларди. Ёки "дебютанга карши пахтачилар судьяларни ёрдамидан фойдаланади-ми?" "Осиёда шармандаси чиккан "шерлар" аламини дебютантдан олмокчи?"