
"Paxtakor"ning OChLdagi ilk o‘yinini 2 ta sharhlovchi sharhlaydi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi G‘arb mintaqasida yangi mavsum start oladi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan "Paxtakor" Eronning "Traktor" klubi bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
O‘yin "Uzreport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bellashuvni Xayrulla Hamidov va Bobur Akmalov sharhlab boradi. Bu haqda Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Chempionlar Ligasi, 1-tur
"PAXTAKOR" - "Traktor"
Sharja, "Sharja" stadioni, 20:00
Fikrlar