"Paxtakor"ning yosh futbolchisi: "Bunchalik tez imkoniyat berishadi deb o'ylamagandim"

  • 26.01.2026 17:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Paxtakor"ning Antaliyadagi bu safargi yigʻinida U-21 jamoasi bilan ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritayotgan tarkibning negizi bilan ishtirok etilmoqda. Klub matbuot xizmati 2008 yilda tavallud topgan Abubakir Shukurullaevning fikrlariga qiziqdi.

"Men bunchalik tez asosiy tarkibda imkoniyat berishadi, deb oʻylamagan edim. Buning uchun jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. Afsuski, ikkita oʻyinda gʻalaba qozona olmadik. Murabbiylarimiz biz yoshlarni sinab olaman deb har ikki taymda koʻplab doʻstlarimni maydonga tushiryaptilar. Ayrim vaziyatlarda tajriba yetishmayapti. Lekin shunday oʻynab tursak, biz ham albatta oʻzimizni jamoada koʻrsatishishimizga ishonaman", - deydi Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempioni boʻlgan yarim himoyachi.

- Kattalar bilan oʻynash qanday ekan?

- Hojiakbar aka Alijonov qanotida oʻynagan futbolchi toʻgʻri oldinga ochilsa boʻldi ekan. Oʻzlari oyoqqa "joylab" qoʻyarkanlar, toʻpni. Sherzod aka Nasrullaev ham shunaqa. Umuman olganda, men va doʻstlarimni hamma yoshi katta oʻyinchilar ukalaridek qarayaptilar. Endi Superligada debut qilish uchun mehnat qilishimiz kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!