Peddi Pimblett: "Islam Maxachevni engishimga aminman"

  • 26 noyabr, 2024, 17:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vazn toifasidagi britaniyalik jangchi Peddi Pimblett (22-3) amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev(26-1)ni mag‘lub etishiga ishonmoqda.

“Men Islamni hurmat qilaman, u buyuk chempion. Bu gapim uchun odamlar ustimdan kulishi mumkin, lekin men unga qarshi bahsda g‘alaba qozonishimga aminman. Bu sayyoradagi hech kim meni mag‘lub eta olmaydi", - dedi Pimblett "Strillyan" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni "UFC 304" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Pimblett amerikalik King Grinni birinchi raunddayoq sabmishn orqali taslim qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!