Peddi Pimblett: "Tug‘ilgan kun va kamarni bir kechada nishonlaymiz"

  • 04.01.2026 17:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Angliyalik MMA ustasi Paddi Pimblett "UFC 324" turniridagi g‘alabadan so‘ng tug‘ilgan kunini nishonlashini ma’lum qildi.

"Tug‘ilgan kunim 24 yanvarga ko‘chirilmoqda. Biz ushbu bayram va kamarni bir kechada nishonlaymiz", - dedi Paddi ijtimoiy tarmoqdagi videoroligida.

Eslatib o‘tamiz, UFC reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan Pimblett "UFC 324" turnirida amerikalik Justin Getji bilan engil vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!