Pedri: Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynashni orzu qilaman
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri 2026 yildgi jahon chempionati haqidagi orzusi bilan oʻrtoqlashdi.
"Jahon chempionati finalida Messiga qarshi maydonga tushish — mening katta orzum. Men uchun u futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchi. Uning oʻyinini tomosha qilish menga juda yoqadi. Har kuni birga mashgʻulot oʻtkazgan paytlarimizda ham undan zavq olardim. U qilayotgan ishlar haqiqatan ham hayratlanarli. Uning yoshida bunday darajada oʻynash faqatgina ustiga-ustak mahorat tufayli mumkin. Mening nazarimda, u — tarixdagi eng yaxshi futbolchi", — deya Pedrining soʻzlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yildgi jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasi 6 iyul kuni Portugaliyaga qarshi oʻynaydi. Argentina milliy jamoasi esa 7 iyul kuni Misr bilan bahs olib boradi.

Fikrlar