Pedri keyingi uchrashuvda Ronalduning rekordini yangilashi mumkin

  • 21.06.2024 05:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Pedri Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. 

Ispaniyalik yarim himoyachi "Evro-2024" doirasidagi Italiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 

"Barselona" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi 22 yoshga to‘lgunga qadar Evropa va Jahon chempionatlarining 12 ta o‘yinida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Ushbu natijaga erishgan ilk o‘yinchi Krishtianu Ronaldu bo‘lgan. 

Pedrining tug‘ilgan kuni 25 noyabr. Shu tariiqa, u 24 iyun kuni Albaniyaga qarshi bellashuvda maydonga tushsa, rekord o‘rnatishi mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!