Pele Messini tabrikladi va Mbappega hamdardlik bildirdi

  • 20 dekabr, 2022, 00:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Argentina Frantsiyani mag‘lub etib, mundial g‘olibiga aylandi. O‘yindan keyin afsonaviy Pele Messi va uning jamoadoshlarini tabrikladi hamda Mbappega hamdardlik bildirdi.

"Bugun futbol o‘z tarixini har doimgidek hayratlanarli tarzda so‘zlab berishda davom etadi. Messi o‘zining birinchi jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritdi.

Mening qadrdon do‘stim Mbappe finalda 4 ta gol urdi. Marokashni ajoyib muvaffaqiyati bilan qutlamasam bo‘lmaydi.

Argentinani tabriklayman! Albatta, Diego hozir jilmayib turibdi", - deya "Instagram"da post qoldirdi braziliyalik "futbol qiroli".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!