Pele zo‘rmi yoki Messi? Javob kutilmagan bo‘ldi!

  • 16 sentabr, 2022, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan Dani Alves futbol qiroli Pele va argentinalik yulduz Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

- Pele futbolni o‘zgartirdi, Messi esa butun bir avlodni. Menimcha, bunaqa Peleni bunaqa qiyoslashlarga qo‘shib bo‘lmaydi.

Agar mendan tarixdagi eng zo‘r futbolchi kimligini so‘rashganida, Lionel Messi ekanini aytardim. Pele umuman boshqa darajada, - dedi Dani Alves Marca nashriga bergan intervyusida.

Pele Braziliya terma jamoasi bilan uch marta jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Lionel Messi esa, eng zo‘r futbolchilarga beriladigan “Oltin to‘p”ni eng ko‘p – etti marotaba qo‘lgan kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!