Pelening JCh-1958 finalidagi futbolkasi auktsionga qo‘yiladi
Uch karra jahon chempioni Pele "Jahon chempionati-1958" finalida kiygan futbolka "Sotheby’s" auktsionida sotuvga qo‘yiladi.
1958 yildgi mundial finalida Braziliya Shvetsiyani 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha paytda 17 yoshli Pele dubly qayd etib, hozirgacha Jahon chempionati finalida gol urgan eng yosh futbolchi bo‘lib qolmoqda.
"The New York Times" ma’lumotiga ko‘ra, futbolkaning boshlang‘ich bahosi 6 million dollardan yuqori bo‘ladi.
Savdolar 29 iyun kuni boshlab, 16 iyul kuni — "JCh-2026: finalidan uch kun oldin yakunlanadi.
Ushbu lot futbol tarixidagi eng qimmat futbolka rekordini yangilashi mumkin. Avvalgi rekord Diego Maradonaning "JCh-1986:da kiygan futbolkasiga tegishli bo‘lib, u 2022 yilda 9,28 million dollarga sotilgan edi.

Fikrlar