
Pepe Portugaliya turnirni tark etgani haqida gapirdi
Pepe Portugaliya terma jamoasining "Evro-2024"ni tark etishiga baho berdi.
Portugaliyaliklar chorak finalda Frantsiyaga mag‘lub bo‘ldi (0:0, 3:5).
"Bizning o‘yinimizga, jamoa ko‘rsatganlariga so‘z topish qiyin. Bajarilgan ish darajasi boshqacha natijaga loyiq edi. Afsuski, bu futbol. To‘rt kun oldin barchamiz Sloveniyani mag‘lub etganimizdan xursand edik, bugun esa allaqachon xafamiz.
Jamoadoshlarimni tabrikladim. Ular astoydil kurashishdi, murabbiy bizdan talab qilganlarini bajarishdi va muvaffaqiyat qozonishdi. Gol urish imkoniga ega bo‘ldik va bellashuvni aqlli o‘tkazdik", - dedi portugaliyalik himoyachi.
Fikrlar