Peres "Real" tarixida eng ko‘p sovrin yutgan prezidentga aylandi

  • 15 yanvar, 2024, 12:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Ispaniya superkubok finalida "Barselona"ni 4:1 hisobida mag‘lub qilib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ushbu sovrin Florentina Peres uchun 33-kubok bo‘ldi. 

Shu tariqa, Peres Santyago Bernabeuni ortda qoldirib, klub tarixida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan prezidentga aylandi. Uning davrida futbol va basketbol jamoalari umumiy 59 ta titulga ega chiqdi. Florentina bu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Mening davrimda umumiy 59 ta sovrinni yutdikmi? Bu klub uchun esda chiqarilmaydigan narsa bo‘libdi, endi keyingilarini o‘ylash kerak".

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilarla Ligada ham chempionlik uchun kurashmoqda. Madridliklar hisobida 48 ochko bor va peshqadam "Jirona"dan klub 1 ochkoga ortda qolmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!