Peres: "Real"dagi muhit aʼlo. Bir nechta chaqimchilar bor edi, ularni aniqlab oldik
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres soʻnggi paytlarda jamoadagi muhit keskinlashgani haqidagi fikrga qoʻshilmasligini aytdi.
7 may, payshanba kuni mashgʻulot paytida yarim himoyachilar Federico Valverde va Orelen Tchuameni oʻrtasida ogʻzaki nizo kelib chiqgani va bu kiyinish xonasida janjalga aylangani maʼlum boʻldi. Toʻqnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilgan va u kasalxonaga yotqizilgan. Ikkala futbolchi ham 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.
– Kiyinish xonasidagi muhit avvalgidek sogʻlom emas, degan gaplar koʻp. Bu haqida nima deb oʻylaysiz?
– Lekin u soppa-sogʻ. Bular siz doim bilgan yigitlar va ularning barchasi doʻstlar. Ammo ulardan biri mashgʻulot paytida boshqasining oyogʻini bosib olib, jahli chiqsa, biz bundan muammoni oshirib yubormasligimiz kerak. Agar kimdir buni qilmoqchi boʻlsa, bu maʼlumotni oshkor qilgani uchun.
Baʼzilar: "Muammo shundaki, ular mushtlashyapti," deyishadi. Yoʻq, muammo maʼlumotni kim tarqatayotganida. Muhit aʼlo darajada. Faqat bir nechta qoʻtir qoʻylargina bizga chaqimchilik qilishdi, lekin biz ularni allaqachon aniqladik.
– Tchuameni va Valverde jamoada oʻynashda davom etishadimi?
– Menimcha, ha, — dedi Peres El Pais nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar