Pereyra: "Birgina turnirda shinalar do‘konida 14 yil ishlaganimdan ko‘ra ko‘proq pul topdim"

  • 14 iyul, 2024, 14:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyra 29 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan "UFC 303" turnirining asosiy jangida Irji Proxazka ustidan erta g‘alaba unga qancha pul olib kelgani aytdi.

Tecno

 "UFC rahbari menga: "Sizga kechaning eng yaxshi jangi uchun bonus beramiz", dedi.  “303 ming dollarmi?” deb so‘radim, u kulib: “Yo‘q, 50 ming”, dedi. Men: "Ingliz tilini yaxshi bilmayman, lekin suhbat davomida siz 303 ming deya nimadir gapirdingiz" dedim.  U yana kuldi: "Mayli, shaxsan siz uchun 303 ming dollar beramiz." 

Bu yaxshi pul edi, chunki men shina do‘konida 14 yil ishlagandim. Shu vaqt davomida men faqat "UFC 303" turniridan olgan pulimning taxminan 0,06 foizini ishlay olganman, xolos”, — dedi Pereyra o‘zining You Tube dagi kanalida.

 Eslatib o‘tamiz, "UFC 303" turnirida Pereyra(11-2) ikkinchi raundda Proxazka(30-5-1)ni nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!