
Perishich va El-Shaaravi Xitoy klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi
Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi Italiya A Seriyasidan mahoratli vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
La Gazetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra chin yurti jamoasining bu boradagi short-listidan “Inter” a’zosi Ivan Perishich va "Roma" futbolchisi Stefan El-Shaaravilar joy olgan.
Biroq, berilgan ma’lumotlarga qaraganda yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala futbolchi ham ushbu taklifni rad etgan.
Fikrlar