Perrott Vengriyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng: "Barcha jamoadoshlarim o‘zlaridan faxrlanishi kerak"
Irlandiya terma jamoasi JCh-2026 saralash uchrashuvida Vengriyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabaga Troy Perrottning xet-trigi katta hissa qo‘shdi, g‘alabaga olib kelgan goli esa ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisida urildi. Bu orqali jamoa guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off uchrashuvlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘yindan so‘ng flesh-intervyuda Perrott o‘z his-tuyg‘ularini yashira olmadi:
"Mening his-tuyg‘ularimni so‘zlar ifodalay olmaydi. Kechirasiz… Bu baxt ko‘z yoshlari. Qanday kecha, qanday kecha! Bu ishga ishonish qiyin. Ana shu uchun biz futbolni sevamiz.
Men o‘z vatanimni yaxshi ko‘raman. Bu men uchun juda muhim, oilam shu erda. Biz o‘z imkoniyatimizni foydalandik, barcha jamoadoshlarim o‘zlaridan faxrlanishi kerak", – dedi Perrott ko‘z yoshlarini tiya olmay.


Fikrlar