"Persepolis" FIFAga O‘FA ustidan shikoyat murojaati yo‘lladi. Sabab nima?

  • 22 oktabr, 2024, 15:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronning "Persepolis" jamoasi FIFAga O‘FA ustidan arz qilgani aytilmoqda.

Tecno

O‘runov Eron Pro-ligasi 4-turi doirasidagi "Aluminium"ga qarshi bahsda jarohat olib zaxiraga olingan edi. Shundan so‘ng u Tehron derbisini o‘tkazib yubordi va "Paxtakor"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan edi. Legionerimiz "Chadormalu"ga qarshi bellashuvga tayyorgarlik oldidan yana jarohat oldi hamda bu bahsda jamoasiga yordam bera olmadi. 

Fors klubi shifokorlari Ostonning jarohati borligi sabab terma jamoa yig‘iniga bormaslikni tavsiya qilgan, biroq FIFA kunlarida futbolchini jamoada olib qolishga klublarni xaqqi yo‘q. Oston Toshketga kelgach,  Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushgan va jaroxatini og‘irlashtirib olgan. 

"Persepolis" tomoni muxim o‘yinlar oldidan O‘runovga kattalashgan jaroxat pand berishini vaj qilib ko‘rsatmoqda va tovon puli talab qilmoqda. Xozircha, rasmiy munosabat ikki tomondan xam bildirilgani yo‘q. Bu haqda "khabaronline" xabar berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!