"Persepolis" instagramdagi obunachilar borasida ko‘plab nomdor klublardan oldinda

  • 04.01.2026 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Paxtakor" va terma jamoamiz a’zosi Igor Sergeev faoliyatini Eronning "Persepolis" jamoasida davom ettirish arafasida turibdi. 

"Persepolis" Eronda eng katta fan-bazaga ega klub bo‘lib, ushbu klubning instagram sahifasidagi obunachilar soni 10,3 millionni tashkil qiladi. Klub bu borada butun dunyoda 24-o‘rinda. Ahamiyatlisi, fors jamoasi bu borada "Vest Xem", "Bayer", "Aston Villa", "Marsel", "Sevilya", "Everton", "Roma" va "Napoli" kabi jahon miqyosidagi nomdor klublardan oldinda. 

 Qayd etish lozim, bu borada dunyo reytingida peshqadam "Real Madrid" klubi, ikkinchi o‘rinda esa "Barselona". Kuchli uchlikni amaldagi YEChL g‘oliblari PSJ yakunlab bergan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!