"Persepolis"da o'zbeklar soni 4 nafarga yetishi mumkin. Eron klubi termamiz lideriga ham qiziqyapti
Xabaringiz bor, "Paxtakor" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Sergeev Tehronda va tez orada Eronning "Persepolis" klubi futbolchisiga aylanadi. Bundan tashqari, Hojiakbar Alijonov ham ushbu klubga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqyapti.
Fors nashrlari bergan ma’lumotga ko‘ra, Tehron klubi yana bir o‘zbekistondik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Gap shundaki, "Persepolis" ayni vaqtda "Baniyas" sharafini himoya qilayotgan Otabek Shukurovni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. "
">Agar moliyaviy kelishuv amalga oshsa, Otabek Shukurov poytaxt klubidagi to‘rtinchi futbolchiga aylanadi", - deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "Persepolis" sharafini hamyurtlarimizdan Oston Urunov himoya qiladi. Klub Igor Sergeev transferini deyarli hal qilgan. Ularning keyingi maqsadi - Hojiakbar Alijonov va Otabek Shukurov bilan shartnoma imzolash.
Fikrlar