Petrov kubogi. "Humo" "Zvezda"ga qarshi uchinchi o‘yinni o‘tkazdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Petrov kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Humo" hamda "Zvezda" jamoalari o‘rtasidagi uchinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Bundan bir necha daqiqa oldin yakunlangan bellashuvda moskvaliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, seriyada "Zvezda" xokkeychilari 2:1 hisobida oldinga o‘tib oldilar.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi to‘rtinchi bahs ertaga ham xuddi bugungisi singari Rossiya Federatsiyasining Voskresensk shahrida joylashgan "Podmoskove" muz saroyida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!