
Petrov kubogi. "Humo"ning raqibi ma’lum bo‘ldi
6 oy davom etgan chempionat yakuniga ko‘ra, Toshkentning "Humo" jamoasi 63 ochko jamg‘argan holda Birinchi konferentsiyada 7-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. "Qanotlilar"ning pley-off bosqichidagi raqibi nomi ham ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Ikkinchi konferentsiyada 2-pog‘onani egallagan "Toros" klubi Evgeniy Popixin shogirdlariga 1/8 finalda raqiblik qiladigan bo‘ldi. Dastlabki bellashuvlar 22 va 23 fevral kunlari Neftekamskda bo‘lib o‘tadi. 26-27 fevral kunlari esa Toshkentda raqib mehmon bo‘ladi.
Seriya 4 g‘alabaga qadar davom etadi. Maksimal uchrashuvlar soni 7 tani tashkil etadi.
Fikrlar