PFL mavsumning qolgan qismini tezroq yakunlash uchun klublarga 3 ta masalada taklif bilan chiqmoqda

  • 16.10.2020 17:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

O‘zPFL klublar bilan uch masala yuzasidan fikr almashyapti. Bu haqda tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.

Quyida ushbu masalalar bilan tanishib olishingiz mumkin:

1. O‘zbekiston Coca Cola kubogi uchrashuvlarini avval tashlangan qur’a bo‘yicha guruh uchrashuvlari tariqasida davom ettirgan ma’qulmi yoki mavsumni tezroq yakunlash maqsadida olimpiya tizimiga qayta qur’a o‘tkazish masalasi.

2. Coca Cola Superliganing so‘nggi to‘rt tur uchrashuvlarini neytral maydonlarda o‘tkazishi masalasi. Misol uchun, "Paxtakor" — "Nasaf" o‘yinini "So‘g‘diyona" stadionida o‘tkazishga o‘xshash.

3. Klublar smetasi bilan bog‘liq qisqartirishlardan kelib chiqib, ayollar chempionatining I davrasidan keyin yuqori va quyi oltilik uchrashuvlarini bo‘lib o‘tkazish. Bu holatda musobaqa 22 emas, 17 tur davom etadi.

O‘zPFL klublar imkoniyatlari va ovoz berishlaridan kelib chiqib, eng maqbul variantda to‘xtaladi. Umuman olganda, 2020 yilgi mavsum barchamiz uchun og‘ir va unutilmas bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
16/10/2020 19:19
nima uchun qolgan uchrashuvlarga boshqa stadiyonlarga utkazadi. nima sababdan. undan kura. tezlashterib utkaz. oraliq bir hafta qilmasdan. keyin Nasaf Pahtakor uyinni Sugdiyona stadiyoniga nima mano bor. uzi Diyor kallang joyidami ish qilib. birinchi dafrani ha tushunsa buladi. keyin Nasaf uzi shundoq ham bachala uzi avaylap uynaverib asabi charchagan. oddiy misol Nasaf Buhora bilan uyinni Muborak stadiyoniga uynaydi. lekin Mashalni stadiyoniga kucha uyinni buladi poliyasi rasvo. tup yurmaydi. Buhoro agar uzi hohlasa Nasaf poliaysiga kelishi kerak Fudbol klub bulsa chunki Buhoro ham tup yahshi yuradigan poliya uynasa shuncha yahshi emasmi.