
PFL Superliga-2020da nechta jamoa ishtirok etishiga oydinlik kiritdi
Xabaringiz bor, Superliganing yangi mavsumi 28 fevral kuni start oladi. Yangi mavsum uchun qur’a tashlash marosimi esa 8 fevral kuni soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.
“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan marosim “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi mavsumda ham Superligada 14 jamoa ishtirok etadi. Quyi ligaga tushib ketgan “Dinamo”ning o‘rniga A Pro-liga g‘olibi – “Mash’al” ishtirok etadi.
Fikrlar