Pike ham aytadi, ham qaytadi

  • 04.01.2023 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Relevo" xabariga ko‘ra, Jerar Pike maydonga qaytish haqida o‘ylamoqda. Futbolchining fikricha, "Barselona"ni tark etish fikri hissiyotli lahzalarda qo‘qqisdan paydo bo‘lgan. Bunga Shakiradan ajralish sabab bo‘ldi.

Pike endi ortiqcha bosimsiz shunchaki o‘yin-kulgi ostida faoliyatini qayta davom ettirishni o‘ylab ko‘rmoqda. Jerar mahalliy "Andorra" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. U Segundada ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Pike 2022 yilning dekabrida faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!