Pike yangi klubida muammolarga o‘ralashib qoldi

  • 06.01.2023 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Avvalroq Pike o‘zi hammuallif va prezident bo‘lgan "Andorra" klubida faoliyatini davom ettirishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.

Biroq ushbu transferga kutilmagan to‘siq paydo bo‘ldi - Jerarning maoshi. Liga qoidalariga ko‘ra, futbolchining yangi maoshi so‘nggi klubidagi maoshining ma’lum foizidan past bo‘lishi mumkin emas. Tushunganingizdek, Pike "Barselona"ning eng serdaromad o‘yinchilaridan biri edi.

Hozir vaziyat shundayki, Jerar "Andorra" futbolchisiga aylanadigan bo‘lsa, uning maoshi klubning butun byudjetidan yuqorilab ketadi! Aks holda, boshqacha yo‘l yo‘q. Qaysi jamoa bo‘lishidan qat’i nazar rasmiy shartnomasiz futbolchining faoliyat yuritishi mumkin emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!