Pioli shogirdini hech qaerga qo‘yib yubormaydi

  • 20 dekabr, 2022, 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" ustozi Stefano Pioli jurnalistlar bilan suhbatda portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

Pioli Sky Sports nashriga bergan intervyusida portugaliyalik futbolchi "rossonerilar" safida o‘zini juda qulay his etayotganini aytdi. Murabbiyning ta’kidlashicha, Leauni "Milan"da yorqin kelajak kutib turibdi.

"Men Rafaelga "Milan" bilan shartnomani uzaytirishni maslahat berdim", — dedi Pioli.

Eslatib o‘tamiz, matbuotda 23 yoshli portugaliyalik yaqin orada faoliyatini "Chelsi" yoki "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Forvardning transfer narxi 85 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!