Pirlo haydayotgan chempionning bozori qaynay boshladi

  • 21.11.2020 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jahon chempioni Sami Xedirani  ketishini istamoqda. Italiyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olishi bilan, germaniyalik yarim himoyachiga asosiy tarkibdan joy tegmasligini ma’lum qilgan.

Avvaliga, Xedira o‘z joyi uchun kurashishni maqsad qilgandi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ketmasa bo‘lmasligini tushunib etdi.

Xediraning shartnomasi yozda yakunlanadi. Biroq u Turin klubi bilan kelishgan holda, qishda ham erkin agent maqomini olishi mumkin.

33 yoshli tajribali futbolchini bepul olish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan jamoalar safi ortib bormoqda. Hozirda “Manchester Yunayted”, “Vest Xem” va “Everton” Xedirani Angliyaga chorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!