Pirlo kutilmagan qarorga keldi

  • 8 iyun, 2022, 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus”ning sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo faoliyatini Turkiyaning “Fotih Karagumruk” klubida davom ettiradi.

Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning yozishicha, tomonlar shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olishgan. Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassis turk klubi bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pirlo 2020/2021 yilgi mavsumda “Yuventus”ni boshqargan va u bilan birga jamoa Italiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, A Seriyada to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

“Fotih Karagumruk” klubi esa o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 8-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!