
Pirlo uchinchi raqamli murabbiyga aylandi
"Yuventus" EChLning dastlabki turida "Dinamo Kiev" klubini 2:0 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, Pirlo Chempionlar ligasidagi debyut o‘yinida g‘alabani qo‘lga kirita olgan klub tarixidagi uchinchi murabbiyga aylandi. Bungacha, 1995 yilda Marchello Lippi va 2004 yilda Fabio Kapello ushbu natijaga erisha olgan.
Ushbu musobaqaning 2-turini "Yuventus" 29 oktyabr kuni "Barselona"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar