Pirlo yangi to‘purar chaqirdi

  • 25 avgust, 2020, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hujum chizig‘ini yangilayotgan “Yuventus” rahbariyati hujumchi Duvan Sapata bo‘yicha “Atalanta”ga transfer so‘rovini yubordi.

Turinliklar iste’dodli hujumchi uchun 30 million evro taklif qilgandi. Biroq, “Atalanta” asosiy to‘purarini 55 million evrodan kamiga sotmasligini ma’lum qildi.

Endi “Yuventus” xo‘jayinlari kolumbiyalik hujumchi trasnferiga darvozabon Mattia Perinni qo‘shib, summani biroz pasaytirishni rejalashtirmoqda.

Duvan Sapata o‘tgan mavsumda 24 ta uchrashuvda 17 ta gol urib, jamoasining uchinchi o‘rinni egallashiga munosib hissa qo‘shdi. U “Atletiko” va “Barselona” kuzatuvida ekanini ham ta’kidlash joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!