Piter Xyuistra: "So‘g‘diyona"da uzoqdan darvoza to‘sinini nishonga olganini hisobga olmasak, boshqa vaziyat bo‘lmadi

  • 19 iyun, 2021, 23:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Piter Xyuistra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Bugun o‘yinni yaxshi boshladik, birinchi bo‘limda to‘liq nazorat qildik. "So‘g‘diyona"da uzoqdan darvoza to‘sinini nishonga olganini hisobga olmasak, boshqa vaziyat bo‘lmadi. Bizda esa ikkita juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ikkinchi taymda ham juda qulay imkoniyat bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Yaqqol golli vaziyatlarni ko‘p yarata olmadik. Bugun yosh futbolchilar kuchli raqib bilan o‘yinda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. "So‘g‘diyona"ni ham munosib baholash kerak, ular Superligada ikkinchi o‘rindagi jamoa, ularni mag‘lub etish ancha qiyin.

Cheran jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri. Usiz hujumlarimiz yaxshi chiqmadi, keyingi o‘yinga qaytadi. Yosh futbolchilar hujumda harakat qilishdi, ammo keskin vaziyatlar kam bo‘lgani rost.

Eren Derdiyokning shartnomasi bilan bog‘liq muammolar bor. Hozir u biz bilan emas. U ketgan.

Suyunov bilan hech qanday muammo yo‘q, u mavsum boshida tizzasidan jarohat oldi va uni davoladi. Professional tarzda mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Ammo darvozabonlarni almashtirish anchagina qiyin. Quvvatov hozir juda yaxshi o‘ynamoqda va terma jamoada aynan u darvozani qo‘riqladi. Suyunov hozir zaxirada o‘tiribdi va maydonga tushishga tayyor".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!