
Pochettino hujumga 25 ta gol urgan jahon chempionini olib keladi
Maurisio Pochettino “Chelsi”ni qabul qilib olganidan keyin tarkibga olib keladigan futbolchilar nomini oshkor qila boshladi.
The Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis hujum chizig‘iga o‘z hamyurti Lautaro Martinesni olib kelmoqchi.
Pochettino rejasiga binoan aynan 25 yoshli ushbu hujumchi asosiy to‘purarga aylanishi kerak. Mutaxassislarning aksariyati ham Lautaro “aristokratlar”ning hujum chizig‘ini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Martinesning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq, bu transferni 80 million evroga uddalash mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar