Pochettino Kumanning orzusini armonga aylantirmoqchi

  • 25 yanvar, 2021, 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri jamoaga “Manchester siti” himoyachisi Erik Garsiyani olib kelishni orzu qilmoqda. Klub xo‘jayinlari moliyaviy inqiroz tufayli bu transferni amalga oshira olmayapti va ispaniyalik himoyachini erkin agentga aylanishini kutmoqda.

Bundan PSJni qayta qurishga kirishgan Maurisio Pochettino unumli foydalanib qolmoqchi. Parijliklar ayni paytda Garsiya transferi bo‘yicha “Manchester Siti” bilan muzokarani boshladi va ular so‘rayotgan summani berishga tayyor.

Hozir Garsiyaning o‘zini PSJga o‘tishga ko‘ndirish eng asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Chunki 19 yoshli himoyachi o‘zini tarbiyalagan “Barselona”ga qaytmoqchi ekanini bildirgan. Shuning uchun parijliklar unga shaxsiy shartnoma masalasida kataloniyaliklardan yaxshiroq taklif berishi kerak bo‘ladi.

“Shaharliklar” bilan bitimi yozda tugaydigan Garsiyaning transferi 10 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!