Pocettino: "Messi, Neymar va Mbappe bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin edi"
Maurisio Pocettino PSJdagi davrini eslab, yulduzli tarkib haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe bilan kuchli jamoa tuzish imkoniy bo‘lgan.
"Menimcha, bu mumkin edi. Agar biz murabbiylar shtabi bilan jamoada qolganimizda, ma'lum qarorlar qabul qilib, yulduzlarni saqlab qolish imkoniga ega bo‘lardik. Biz maqsadga juda yaqin edik.
Asosiy muammo — vaqt yetishmagani. Masalan, Messi ikkinchi mavsumda ancha yaxshiroq o‘ynay boshladi. Birinchi yilda esa u yangi muhitga moslashishi kerak edi. U "Barselona"dan kelgan, kovid davri edi, bu oson bo‘lmagan.
Ushbu uch futbolchi atrofida mustahkam jamoa tuzish uchun vaqt kerak edi. Agar ularni birga o‘ynatmoqchi bo‘lsangiz, ularni qo‘llab-quvvatlaydigan tizim yaratishingiz shart.
Bizning g‘oyamiz himoyani mustahkamlab, Messi, Neymar va Mbappega ijodkorlikka to‘liq e'tibor qaratish imkonini berish edi", — dedi Pocettino.
Fikrlar