Pochettino Pogbani PSJga olib kelmoqchi
"Pari Sen-Jermen" klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Star xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli frantsiyalik futbolchi PSJning yangi ustozi Maurisio Pochettinoning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Pogbaga shuningdek, "Real" va "Yuventus" ham qiziqmoqda.
Pol Pogba joriy mavsum MYu safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar