Pochettino: PSJ fevral-mart oylarida yanada kuchayadi

  • 13 dekabr, 2021, 14:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya chempionati 18-turi doirasida PSJ va "Monako" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Parijliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yin haqida jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Natijadan mamnunman, biroq bundan-da kuchliroq o‘ynay olishimiz mumkin. Asta-sekinlik bilan o‘z o‘yinimizni yaxshilab boryapmiz. Bizda o‘ziga xos xususiyatlarga ega jamoa mavjud. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilar bor va fevral yoki mart oylariga kelib, yanada yaxshiroq formaga chiqamiz.

Bugungi uchrashuvda juda ko‘p ijobiy jihatlarimizni namoyish etdik, ko‘plab yakkakurashlarda g‘alaba qozondik. Endi to‘p nazoratini yaxshilashga e’tibor qaratishimiz lozim",-dedi argentinalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Parij klubi 45 ochko bilan ichki birinchilik peshqadami bo‘lib turibdi. EChLda esa, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!