
Pochettino PSJning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi nimaligini aytdi?
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida jamoasining joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi.
“Bugun biz Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Barselona" ga qarshi o‘ynashimiz kerak. Bu erda qirq kundan beri bo‘lganimni hisobga olsak, bu juda ham o‘ziga xos o‘yin. Ishonchim komilki, ushbu uchrashuv jamoa uchun juda muhim hisoblanadi. Klubning asosiy maqsadi – Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish.
Biz o‘yinga tayyormiz, bundan tashvishlanmayman. Shu sababli xotirjamman. Ha, muhim futbolchilar uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi, ammo bo‘lgan voqeani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Jamoa avvalgidek emas va men bu erda yangilik yaratishga harakat qilaman.
Bizda ajoyib muhit va birdamlik mavjud. Mening futbolchilarim klub va uning tarixi uchun nimadir qilishni xohlashadi”, - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar