Pochettino to‘purardan voz kechmaydigan bo‘ldi

  • 2 iyun, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni jamoani kelasi mavsumga tayyorlay boshladi.

Tecno

Parijliklar o‘tgan mavsumda “Everton”dan ijaraga olingan italiyalik hujumchi Moyze Kinni yana o‘z safida olib qolmoqchi.

Xabarlarga qaraganda,  PSJ mutasaddilari 21 yoshli futbolchini yana bir mavsum Parijda qolishiga erishmoqchi.

“Everton” hali bu borada bir qarorga kelgani yo‘q. Bu masala jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganidan keyin hal qilinadi. Ma’lumki, liverpulliklarni boshqargan Karlo Anchelotti “Real”ga o‘tib ketdi va hozircha uning o‘rniga nomzod qidirilmoqda.

“Everton” Moyze Kinning transferini 40 million evroga baholamoqda.U yakunlangan mavsumda PSJ tarkibida raqobat kuchliligiga qaramay, 45 ta o‘yinda 19 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!