"Chelsi" to‘rt futbolchi bilan xayrlashadi

  • 18 sentabr, 2023, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hamon tarkibni toalashni davom ettirmoqda. Klub mutasaddilari yanvarda yana to‘rt futbolchini boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.

Ketadiganlar orasida Trevo Chaloba bor. “Bavariya” bu o‘yinchini ijaraga olmoqchi edi. Lekin transfer o‘xshamadi. Myunxenliklar qishki transferlar oynasi ochilguniga qadar bu himoyachi uchun 40 million funt topib qo‘yishi kerak.

Pochettino ketishi kutilgan Mark Kukurelyani olib qolib, o‘rniga Ian Maatsenni sotib yuboradigan bo‘ldi. Klub tarbiyalanuvchisi g‘aznaga 30 million funt olib keladi. “Byornli” bu o‘yinchiga xaridor bo‘lyapti.

Konor Gallaxer ham o‘z joyini bo‘shatib berishi kerak. “Aristokratlar” yosh o‘yinchi o‘rniga “Nyukasl” etakchisi Brunu Gimaraynshni olib kelmoqchi. Konorga xaridor ko‘p. Transfer 45 million funtga baholanmoqda.

Mixail Mudrik “Chelsi”ga kelganidan buyon hech narsani qoyillatmadi. Maurisio Pochettino qimmatga olingan o‘yinchidan tezroq qutilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!