Pochettino yangi mavsumni qaerda o‘tkazishini aytdi

  • 27 may, 2022, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zini ketishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Evropa matbuotida parijliklarning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan keyin 50 yoshli argentinalik mutaxassis iste’foga chiqarilishi haqida gaplar ko‘payib ketgandi.

Tecno

- Bugungi kunda men PSJ bosh murabbiyi hisoblanaman. Hali hech narsa o‘zgargani yo‘q. Ben shu erda qolaman va bunga 100 foiz aminman. Shartnomam 2023 yilning yarmigacha amal qiladi va men o‘z vazifamni oxirigacha bajarishga qaror qilganman, - dedi Maurisio Pochettino.

PSJ argentinalik murabbiy qo‘l ostida barcha turnirlarda 82 ta uchrashuv o‘tkazib, 54 ta g‘alaba, 13 ta durang va 15 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Pochettino boshchiligida PSJ Frantsiya chempionati, kubogi va Superkubogi g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!