Pochettinoning Parijdagi pulini sanaymiz

  • 15.01.2021 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning shartnomasida uning maoshi yildan-yilga oshib borishi belgilangani oshkor bo‘ldi.

Le Parisen nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik mutaxassis birinchi yilda soliqlardan tashqari 6,3 million evro maosh oladi. Kelasi mavsumda PSJ xo‘jayinlari unga 7,5 ming evro to‘laydi.

Nihoyat, 2022/2023 yilgi mavsumda Maurisio 8 million evrodan oshiqroq maoshga ega bo‘ladi.  PSJni chempion qilgan va Evropa Chempionlar ligasining finaliga olib chiqqan Tomas Tuxelga klub haftasiga 350 ming evro to‘lagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Islomkhuja Dilmurodovic
15/01/2021 19:48
7.5 mln emasmi