Pogba: Ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydim

  • 2 noyabr, 2020, 01:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 7-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Arsenal" bahsi taqdirini Pogba tomonidan keraksiz joyda ishlatilgan fol hal qilib qo‘ydi. Futbolchi o‘z jarima maydonchasi ichida Belerinni yiqitib, penaltiga sababchi bo‘lib qoldi. 

Tecno

"Biz kuchsiz o‘yin ko‘rsatganimizni bilamiz. Men bunday tarzda qoidani buzmasligim kerak edi. To‘pga o‘ynamoqchi edim, ammo adashdim. Bu qarorim gol o‘tkazib yuborishimizga sababchi bo‘ldi. 

Detallarga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz har bir pozitsiyada kuchliroq bo‘lishimiz kerak. Birinchi navbatda, bu menga tegishli. Yanada yaxshi o‘ynashga harakat qilaman. Yaxshi himoyachi emasligimni ham bilaman.

To‘p bilan ishlashni mashq qilishimiz va ko‘proq vaziyatlar yaratishimiz zarur", - dedi frantsuz xavbeki. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!